Sayt test rejimida ishlamoqda

Silikon so‘rg‘ichlar

Silikon so‘rg‘ichlar

So‘rg‘ich lateks yoki silikonning butun bo‘lagidan qilingan bo‘lsa, yaxshiroq bo‘ladi. Bunda kichkintoy uni qismlarga ajratib, mayda qismlarini yutib bo‘g‘ilib qolmaydi, uxlayotganda yaralanib qolmaydi. Hozirgi paytda so‘rg‘ichlarni va ichi bo‘sh so‘rg‘ichlarni ishlab chiqarish uchun uchta material: rezina, silikon va lateks foydalaniladi.

Rezina so‘rg‘ichlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. Silikon so‘rg‘ichlar shaklini yaxshiroq saqlaydi, shakli kamroq o‘zgarishga uchraydi. Silikon lateksdan ko‘proq xizmat qiladi. Lateks silikondan yumshoqroq. Silikondan farqli ravishda, lateksdan allergiya reaksiyalarinig holatlari ham qayd etilgan. Lateks so‘rg‘ichlarini 2-3 haftada, silikon so‘rg‘ichlarini esa 4-5 haftada bir marta, hatto so‘rg‘ichlarda hech qanday shikastlanish bo‘lmasa ham, o‘zgartirish kerak.

Ruyxatga qaytish