PVX Sprinsovkalari
PVX Sprinsovkalari
Sprinsovka — ayollar jinsiy a’zolariga suyuqlik kiritish (yuvish, dori vositalarini kiritish) uchun, huqna qo‘yish uchun, to‘g‘ri ichak va yo‘g‘on ichakni tozalash, yuvish va ularga suyuqlik kiritish uchun, yoxud to‘g‘ri ichakka yoki yo‘g‘on ichakka dori vositalarining eritmalarini kiritish uchun mo‘ljallangan tibbiy asbobdir.
Yumshoq uchli sprinsovka (A turi) quyidagilar uchun mo‘ljallangan: jarrohlikdan keyingi davrda organizmning bo‘shliqlaridan suyuqliklarni so‘rib olish va organizmning bo‘shliqlarini davolash-profilaktika maqsadlarida yuvish.
Qattiq uchli sprinsovka (B turi) quyidagilar uchun mo‘ljallangan: jarrohlikdan keyingi davrda organizmning bo‘shliqlaridan suyuqliklarni so‘rib olish, organizmning bo‘shliqlarini davolash-profilaktika maqsadlarida yuvish va suyuqlik kiritish va huqnalarni qo‘yish.
Irrigatsiyaviy sprinsovka ayollarnig jinsiy qiniga gigiyena va davolash-profilaktika maqsadlarida turli xil eritmalarni kiritish uchun mo‘ljallangan.