Sayt test rejimida ishlamoqda

Sut so‘rg‘ich

Sut so‘rg‘ich

Sut so‘rg‘ichi bu ko‘krak sutini so‘rib olish uchun mo‘ljallangan moslama. Sut so‘rg‘ichlari turli xil, jumladan qo‘l pompali bo‘ladi, ulardagi vakuum esa rezina grushasini siqish hisobiga vujudga keladi.

Ayollar turli sabablarga ko‘ra sut so‘rg‘ichlaridan foydalanadi. Ko‘pchilik ayollar ishga qaytgach yoki farzandidan noiloj ajralgach emizishni davom yettirish uchun sut so‘rg‘ichlaridan foydalanadilar. Ular ko‘krak sutini so‘rib olish uchun sut so‘rg‘ichidan foydalanadilar, so‘rib olingan sut esa keyinchalik ular yo‘qligida yaqin qarindoshlari yoki enaga tomonidan bolalarga beriladi. Sut so‘rg‘ichi suti kam hosil bo‘layotgan ayollarda laktatsiyani tezlashtirish yoki asrandi bolali ayollarda laktatsiyani uyg‘otish uchun foydalanish mumkin. Sut so‘rg‘ichi ko‘krak dag‘allanishini (to‘lganda og‘riqli holat) yengillashtirish uchun, laktostaz, mastit yoki giperlaktatsiyada foydalaniladi. Agar bola biror sababga ko‘ra ko‘krakni emolmasa, ona sut so‘rg‘ichi yordamida so‘rib olingan qo‘qrak suti bilan uni ovqatlantirishi mumkin. Ona yemizish bilan to‘g‘ri kelmaydigan dori-darmonlarni qabul qilishi kerak bo‘lgan hollarda, u davolash davrida ko‘krakni muntazam so‘rib olish bilan laktatsiyani quvvatlashi mumkin. Ya’ni, ayol ko‘krakni so‘rib olish kerak bo‘lgan har qanday hollarda sut so‘rg‘ichidan foydalanishi mumkin.

Ruyxatga qaytish