Grelkalar
Grelkalar
Grelkalar bemorni umumiy isitish va to‘qimalarni mahalliy qizdirish uchun qo‘llaniladi. Grelka joylashtirilgan tana qismida qon oqimi kuchayadi, bu esa og‘riqni qoldiruvchi va tarqatuvchi effektni ta’minlaydi. Tarqatuvchi ta’sir grelka haroratiga emas, balki protsedura davomiyligiga bog‘liq.
Grelka haddan tashqari sovub ketishda birinchi yordam sifatida ishlatiladi. Quruq issiqlik ta’siridagi grelka jarohat oqibatlari, surunkali yallig‘lanish protsesllarida yordam berishi mumkin.
Maqsadiga qarab grelkalar ikki turda ishlab chiqariladi:
A – tanani mahalliy isitish uchun;
B – tanani mahalliy isitish, shuningdek yuvish va purkab yuvish uchun qo‘llanadigan kombinatsiyalangan.