Xantal qopchalari
Xantal qopchalari
Xantal qopchasi xantal kukuni solingan g‘ovakli qopchalardan iborat, odatda ular laminatsiyalangan qog‘oz varag‘ida to‘rttadan joylashadi. Xantal qopchalarning organizmga ta’sir etishining mexanizmi quiydagidan iborat: teri xantal bilan achishtirilganda mahalliy qizish va qizarish yuzaga keladi, bu joyda qon aylanishi ancha kuchayadi (qon tomirlarining kengayishi sababli). Shu bilan birga, teri retseptorlarining qo‘zg‘atilishi yuzaga keladi, u esa asab tizimining simpatik bo‘limi qo‘zg‘aluvchanligining ortishiga sabab bo‘ladi, natijada qonda adrenalin va noradrenalin ko‘payadi. Bu moddalar organizmning fagotsitar reaksiyasi kuchayishiga olib keladi.
Xantal qopchasi mahalliy achishtiruvchi va o‘ziga tortuvchi ta’sir ko‘rsatadi, u teridagi sezgir asab uchlari va teri ostidagi tuzilmalarining achishtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor reaksiyalar tufayli yuzaga keladi. Xantal qopchasi qulayligi shundaki, xantalning zarralari teriga yopishib qolmaydi va xantal qopchasi olib tashlanganidan keyin terida qolib ketmaydi.
Qadoqlanishiga qarab xantal qopchalari ikki turda tayerlanadi: «Standart» (karton quti) va «Ekonom» (polimer paket).